AsosiyJamiyat

Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti Islom Karimov bilan bog`liq yorqin xotiralarni yodga oldi

'Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti Islom Karimov bilan bog`liq yorqin xotiralarni yodga oldi'ning rasmi

Xabaringiz bor, kecha Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti Shayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabax yurtimizga tashrif buyurgandi. Mehmon tashrifining birinchi kunida O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi rahbari Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilovlar bilan uchrashuv o`tkazgandi.

Bugun martabali mehmon O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. U erda martabali mehmon Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova bilan uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov hamda Milliy olimpiya qo`mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanovlar ham ishtirok etishdi. Suhbat davomida tomonlar marhum Prezidentga oid xotiralarni yodga olishdi.


Uchrashuv yakunida Tatyana Akbarovna mehmonlarga esdalik sovg`asini, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining xayot yo`li va faoliyatiga bag`ishlangan ajoyib kitobni tuhfa etdi. Tomonlar ushbu kitobni tomosha qilishar ekan, Islom Karimov bilan bog`liq yorqin xotiralarni yodga olishdi.

MOQ xabariga ko`ra, Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy Olimpiya qo`mitalari Assosiasiyasi Prezidentining mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifi nihoyasiga etdi. Bugun Shayh Ahmad al-Fahad al-Sabax Toshkentdan Tehronga jo`nab ketadi.

    Boshqa yangiliklar