Xabar berib o`tganimizdek, Tailandda boks bo`yicha yoshlar o`rtasida Osiyo chempionati yakuniga etdi. Ushbu musobaqada o`zbekistonlik yosh charm qo`lqop ustalari 1ta oltin, 4ta kumush va 3ta bronza medallarini qo`lga kiritishdi.
Qit`a birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz kecha kechqurun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Marosimda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi hamda mamlakat boks federasiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, Respublika olimpiya zaxiralari sport kollejida tahsil olayotgan yosh bokschilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Musobaqada sovrindor bo`lgan sportchilarimiz ro`xatini yana bir marotaba e`tiboringizga havola etamiz:
Oltin:
-56kg: Abdumalik Xalakov
Kumush:
-52kg: Samandar Xolmurodov
-81kg: Timur Merjanov
-91kg: Javohir Tog`aymurodov
+91kg: Jamshidbek Mahmadaliev
Bronza:
-69kg: Jahongir Rahmonov
-75kg: Navo Tamazov.
Qizlar:
-60kg: Mahliyo Rahimova
MOQ xabariga ko`ra, musobaqada oltin medal sohibiga aylangan Abdumalik Xalakov oktyabr oyida bo`lib o`tadigan III yozgi o`smirlar Olimpiya o`yinlarida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritgan.










