Ushbu yoqtimtoy mushuk Shimoliy Karolinada yashaydi. Laqabi Venus, ayni damda 3 yoshda.
Yuz qismining sariq tomonidagi ko`zi ko`k, qora qismida esa yashil. Bunday hayvonlarni olimlar bir tanada ikki turdagi genetik holat o`z aksini topganligi sabab ximeralar deb atashadi.
Yuzining ikki xil rangda ekani uni internet tarmog`ida juda mashhur qilgan. Aytish lozimki, Venus feysbukda o`z akkauntiga ega.