1

Shavkat Mirziyoev turk xalq maqolini aytdi, Erdo`g`on esa o`zbekcha lutf qildi

Siyosat 30.04.2018, 20:59
Shavkat Mirziyoev  turk xalq maqolini aytdi, Erdo`g`on esa o`zbekcha lutf qildi

Xabaringiz bor, Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on 29 aprel kuni davlat tashrifi bilan O`zbekistonga kelgan.

Ko`ksaroyda bo`lib o`tgan uchrashuv chog`ida Shavkat Mirziyoev “Bash basha vermeyincha tash erindan kalkmas” degan turk xalqi maqolini misol keltirdi.

Rejep Tayyip Erdog`an esa “Bir kishi ariq ochadi, ming kishi undan suv ichadi” deya o`zbekcha lutf qildi. Turkiya Prezidenti bu maqol bilan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev olib borayotgan siyosatning butun mintaqa, millionlab odamlarga foydasi tegayotganini ta`kidladi.

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasiga post joylashtirdi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1