Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo`g`on rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo`lib turibdi.
Kecha, 30 aprel kuni O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo`g`on Toshkentda o`tkazilgan O`zbekiston - Turkiya biznes forumida ishtirok etishdi.
Unda so`zga chiqqan Rajab Tayyip Erdo`g`on o`zbek va turk xalqlari o`zaro qardosh ekanligini e`tirof etib, nutqi davomida sahnaga "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze va uning egizagi Archil Arveladzeni taklif etib, ularni o`zining yaqin insonlari sifatida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga tanishtirdi, deb xabar berdi «Paxtakor» rasmiy sayti.






