Afg`oniston poytaxti aeroportiga uyushtirilgan raketali hujum oqibatida mamlakat prezidenti Xamid Karzayning vertolyoti yonib ketdi.
ITAR-TASS axborot agentligining xabar qilishicha, vertolyot uchish-qo`nish yo`lakchasida bo`lgan. Dalvat rahbari vertolyotda bo`lgan yoki bo`lmaganligi haqida aniq ma`lumot berilmagan. Ushbu hujumni “Tolibon” harakati o`z bo`yniga oldi.