1

Rejep Tayyip Erdo`g`onning mamlakatimizga davlat tashrifi yakuniga etdi

Siyosat 01.05.2018, 17:07
Rejep Tayyip Erdo`g`onning mamlakatimizga davlat tashrifi yakuniga etdi

Oliy martabali mehmon Buxoro shahrining tarixiy qismida zardo`zlik, zargarlik, gilamdo`zlik, kashtachilik, kulolchilik mahsulotlari ko`rgazmasi bilan tanishdi.

Ark qo`rg`onidan to Labi hovuz majmuasigacha bo`lgan hududda namoyish etilayotgan ko`rgazma Buxoroning qadimiy hunarmandlik an`analarini o`zida aks ettirgan. Tunu kun ishlaydigan hunarmandlik rastalarida ustalar mehnati bilan yaratilgan buyumlar kishida hayrat uyg`otadi. Sayilgoh ko`chasi, Toqi Zargaron majmuasida namoyish etilayotgan dor o`yinlari, folklor jamoalarining chiqishlari kishiga ko`tarinki kayfiyat ulashadi.

Buxoroning tarixiy va me`moriy obidalari milliy hunarmandlik mahsulotlari turkiyalik mehmonlarda katta qiziqish uyg`otdi.

Shu bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`onning mamlakatimizga davlat tashrifi yakuniga etdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev kuzatib qo`ydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1