1

Prezident Namanganga keldi

Siyosat 02.05.2018, 14:42
Prezident Namanganga keldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 may kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbarining veb-saytida ma`lum qilindi.

Davlatimiz rahbari 2017 yil iyulda viloyatga tashrifi chog`ida viloyatdagi tuman va shaharlarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, yangi korxonalar tashkil etish, ish o`rinlari yaratish, qishloq xo`jaligini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi. Mazkur topshiriqlar izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat va tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma ob`ektlari bunyod etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev ushbu ishlarning sifati, islohotlarning borishi bilan tanishadi, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha yangi loyihalarni belgilab beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1