1

Agrar universiteti olimlari zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashishning innovasion usulini kashf etdi

Jamiyat 02.05.2018, 15:04
Agrar universiteti olimlari zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashishning innovasion usulini kashf etdi

Ushbu kashfiyot Namangan viloyatining Norin tumanidagi “Besh sada” fermer xo`jaligi dalasida Prezidentimizga namoyish etilishi kutilmoqda, deb yozadi O`zA.

Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik Botirjon Sulaymonov boshchiligidagi bir guruh olimlar tunlam kapalaklariga qarshi kurashishda yangi usul – yoritkichli tutqich moslamasini taklif qilmoqda. Ma`lumki, ko`pgina zararkunanda kapalaklar tunda faol bo`ladi. Shuning uchun bunday kapalaklar tunlam kapalaklar deya yuritiladi.

Ushbu kashfiyotning ahamiyati shundaki, paxta, g`alla va boshqa qishloq ekinlariga katta zarar keltiradigan tunlam kapalaklarini kechqurun maxsus qutidan taraladigan yorug`lik yordamida bir joyga to`plash mumkin. Ushbu uskuna bog`, g`o`za va boshqa ekinlardagi zararli tunlam kapalaklarini kamaytirish, ularning qishlovdan chiqish va yalpi uchish muddatlarini aniqlash, kapalaklarning tur tarkibini, ko`payish zichligini aniqlash, tarqalish maydonini belgilash maqsadida qo`llaniladi. Bundan tashqari o`simliklarni himoya qilish sohasidagi turli ilmiy tadqiqotlarda ham keng foydalanish imkoni mavjud.
photo5424728748265155004.jpg– Hozirgi kunda qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishda turli usullar qo`llanmoqda, – deydi O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh direktori Shuhrat Teshaev. – Jumladan, paxta dalalarida feromon tutqich usuli tatbiq qilinmoqda. Bunda yog`och dastakka mahkamlangan qog`ozga urg`ochi tunlam kapalagi garmoni surtilgan maxsus elim yordamida erkak kapalaklar tutiladi. Yangi usulning afzalligi, unda barcha kapalaklarni baravar tutish imkoni mavjud.

Yoritkichli tutqichni nafaqat paxta va g`alla maydonlarida, balki, bog` va sabzavot ekinlari dalalari, tomorqalarda ham qo`llash mumkin. Eng muhimi, tutqich yordamida zararkunandalarga qarshi kurashishda ish samaradorligi 60-70 foizni tashkil qiladi. Ushbu uskuna dehqonchilik mavsumida 1500 dan 2200 tagacha zararli qurtlar tarqalishining oldini olib, g`o`zada o`rtacha 300, pomidorda 600, dukkakli ekinlarda esa 150 kg. hosilni saqlab qolish imkonini beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1