AsosiyDunyo

Dunyoning eng keksa olimi yashashdan charchaganligini ma`lum qildi

'Dunyoning eng keksa olimi yashashdan charchaganligini ma`lum qildi'ning rasmi

Avstraliyalik104 yoshli olimDevid Gudol evtanaziyani amalga oshirish uchun Shvesariyaga sayyohatga borishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Evtanaziya, bu tabiiy yo`l bilan o`z hayotini to`xtatish bo`lib, qonuniy jihatdano`z joniga qasd qilish hisoblanmaydi.

Akademik shu kunga qadar 100 dan ortiq ekologiyaga oid ilmiy ishlarni amalga oshirgan.

Yaqindagina 104 yoshni qarshi olgan Devid Gudol o`z yaqinlari va do`stlaridan evtanaziyani amalga oshirish uchunularning roziligini oldi. Shundan keyin Shvesariyaga borishga qaror qildi.

“Men shu yoshga etganimdan afsusdaman. 104 yillik umrimni juda yaxshi o`tkazdim. Biroq endi yashashdan maqsadim qolmadi. O`zimni baxtli his qilmay qo`ydim. Shu sababli hayotimni o`z xohishim bilan to`xtatishga qaror qildim” deb o`z harakatlariga izoh berdi Devid Gudol.

U dunyodagi eng keksa olim hisoblanadi. Gudolning fikricha, keksalarga o`z o`lim vaqtlarini belgilash huquqi berilishi lozim. Shifokorlarning ta`kidlashicha, Gudolda hech qanday jiddiy kasalliklar yo`q. U 90 yoshigacha tennis va shu kabi sport o`yinlari bilan shug`ullanib kelgan.

Yaqin kunlargacha olim Universitetda dars bergan.

    Boshqa yangiliklar