1

Shavkat Mirziyoev tadbirkorlarning takliflarini ma`qulladi

Siyosat 02.05.2018, 21:15
Shavkat Mirziyoev tadbirkorlarning takliflarini ma`qulladi

Prezident Shavkat Mirziyoev Namangan shahrida tashkil etilayotgan «Orzu» kichik sanoat zonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbarining veb-saytida xabar qilindi.

Qariyb 10 gektar maydonni egallagan ushbu hududda 22 loyihani amalga oshirish mo`ljallangan. Engil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, elektr jihozlari, tibbiyot va poligrafiya tovarlari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish orqali dastlabki bosqichda 2 ming 250, ikkinchi bosqichda 1 ming 700 kishini ish bilan ta`minlash rejalashtirilgan. Sanoat zonasida ishlash istagidagi korxonalarning hammasi o`z tarmog`ida tajribaga va hamkorlarga ega sub`ektlardir.

Davlatimiz rahbari mazkur korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko`zdan kechirdi, ularning sifati va bozori bilan qiziqdi.

Muloqot asnosida tadbirkorlar oldida turgan muammolarni hal etish, xomashyo olish va mahsulotini sotishga ko`maklashish bo`yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Xorijiy texnologiyalarni olib kelish uchun mablag` ajratish, eksportni kengaytirish uchun korxonalarga xalqaro maqom berish zarurligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1