1

Prezident fermerlar bilan suhbatlashdi

Siyosat 02.05.2018, 21:23
Prezident fermerlar bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoev Norin tumanidagi “Besh sada” fermer xo`jaligi dalasida bo`ldi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Viloyat fermerlari, qishloq xo`jaligi faxriylari bilan suhbatda paxtani qo`shqator tarzda ekishning samarasi, klaster usulining ahamiyati haqida so`z yuritildi.

Klasterdan eng katta maqsad - sifat va daromad. Paxta etishtirishni klasterlarga topshirsak, dala ishlari tizimli va o`z vaqtida bo`ladi, daromad oshadi, dedi Shavkat Mirziyoev.

Mamlakatimizda qishloq xo`jaligini isloh qilish, mahalliy byudjetlarga tushumlarni ko`paytirish, aholi daromadlarini oshirish, yoshlarni malakali kadrlar qilib voyaga etkazish, odamlarni uy-joy bilan ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan ishlarga to`xtalib o`tildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1