1

Prezident «Uzteks Uchqo`rg`on» va «Uchqo`rg`on tekstil» qo`shma korxonalari faoliyati bilan tanishdi

Siyosat 03.05.2018, 09:34
Prezident «Uzteks Uchqo`rg`on» va «Uchqo`rg`on tekstil» qo`shma korxonalari faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoev Uchqo`rg`on tumanidagi «Uzteks Uchqo`rg`on» va «Uchqo`rg`on tekstil» qo`shma korxonalari faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbarining avvalgi tashrifida belgilangan vazifalar doirasida bu erda modernizasiya va diversifikasiya loyihalari amalga oshirilgan. Germaniya, Shveysariya, Belgiya va Turkiya kabi davlatlardan zamonaviy texnologiyalar keltirib o`rnatilgan. Ip, kalava, sochiq va bir necha turdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqarilayotgan korxonalarning har birida yiliga 30 million dollarlik eksport yo`lga qo`yilgan.

«Uzteks Uchqo`rg`on» korxonasida 300, «Uchqo`rg`on tekstil» 800 ish o`rni yaratilgan.

Joriy yil sentyabrda bu erda shu yo`nalishdagi yana bir korxona - «Tekstil finans Namangan» shirkatini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoev korxonalarning ish jarayonini ko`zdan kechirdi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, mahsulotlar turini kengaytirish, fermer xo`jaliklari bilan klaster usulida ishlash bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1