1

Prezident Norin tumanida faollar ishtirokida yig`ilish o`tkazdi

Siyosat 03.05.2018, 09:46
Prezident Norin tumanida faollar ishtirokida yig`ilish o`tkazdi

Shavkat Mirziyoev raisligida Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig`ilish o`tkazildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari Namangan viloyatida aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daromad, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish mamlakatimizdagi o`rtacha ko`rsatkichdan bir necha barobar pastligi, ayrim tumanlarda sanoat korxonalari umuman yo`qligini tanqid qildi.

Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholiga daromad manbalari yaratib berish, xususan, qariyb 60 ming ish o`rni yaratish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilganini ma`lum qildi.

Qayd etilgan masalalar bo`yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1