1

Shavkat Mirziyoev Namangan shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi (foto)

Siyosat 03.05.2018, 15:47
Shavkat Mirziyoev Namangan shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi (foto)

Prezidentimizning 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko`rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoniga muvofiq Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi, shahar va tumanlarda uning markazlari tashkil etildi.

Oldingi “yagona darcha” markazlari faqat tadbirkorlarga xizmat ko`rsatgan bo`lsa, davlat xizmatlari markazlari aholiga ham turli engilliklar taqdim etmoqda. Ularning Xalq qabulxonalari bilan bir joyda faoliyat olib borishi fuqarolar muammolarini joyida hal qilish, jismoniy va yuridik shaxslarga tez, qulay, shaffof xizmat ko`rsatishda qo`l kelmoqda.

Namangan shahar davlat xizmatlari markazida kuniga 800 dan ortiq shaxsga 60 ga yaqin xizmat ko`rsatish imkoniyati yaratilgan. Bu erda Xalq qabulxonasi, notarius, FHDYo, pasport bo`limlari, sug`urta, kadastr, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, tez tibbiy yordam xizmatlari, bank shoxobchasi joylashgan.

Keluvchilar uchun tibbiyot xonasi, bolalar maydonchasi, oshxona tashkil etilgan.

Prezident markazdagi sharoitlar bilan tanishdi, deb xabar berildi davlat rahbarining veb-saytida.

Aholi va tadbirkorlarga ko`rsatiladigan xizmatlar turlari, sifati va tezkorligi bilan qiziqdi. Haydovchilik guvohnomasini almashtirish jarayonini ko`zdan kechirdi.

Muassasa xodimlari bilan muloqotda xizmat turlarini yanada ko`paytirish, aholining internet xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish zarurligi ta`kidlandi.

"Bu tizimdan eng katta maqsad - odamlarning og`irini engil qilish. Hamma hududlarni va xizmatlarni shu tizimga qamrab olsak, sarsonchilik, adolatsizlik, korrupsiya bo`lmaydi", - dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari ushbu markaz binosida joylashgan “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat bo`limi hamda Namangan innovasiya markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1