1

Abdulaziz Komilov Song Young-gil boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi

Siyosat 03.05.2018, 16:51
Abdulaziz Komilov Song Young-gil boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi

Bugun, 3-may kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik qo`mitasi raisi Song Young-gil boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi, deb xabar beradi Jahon Axborot agentligi .

Suhbat chog`ida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 22-25-noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi va Prezident Mun Je In va Janubiy Koreyaning boshqa rahbarlari bilan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda bo`lib o`tgan koreyalararo sammit va uning muvaffaqiyatli yakunlari ko`p jihatdan Koreya Respublikasining “Yangi shimoliy siyosati”ni bosqichma-bosqich va har tomonlama o`ylab amalga oshirishi natijasida erishilgani ta`kidlandi.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralarda Koreya Respublikasi Elchisi Kvon Yon U ham ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1