1

Shavkat Mirziyoev Namangan shahridagi madaniyat va istirohat bog`ini ko`zdan kechirdi (foto)

Siyosat 03.05.2018, 17:47
Shavkat Mirziyoev Namangan shahridagi madaniyat va istirohat bog`ini ko`zdan kechirdi (foto)

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Namangan shahridagi madaniyat va istirohat bog`ida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko`zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbarining veb-saytida xabar berildi.

110 gektar maydonni egallagan ushbu bog`da ochiq va yopiq suzish havzasi, kichik stadion, muz saroyi, to`rt yulduzli mehmonxona, yirik attraksionlar, ertaklar shaharchasi, savdo shoxobchalari, kutubxona va internet kafe, bouling va fitnes klublari, hunarmandlar markazi, amfiteatr, akvapark va boshqa ob`ektlar bo`ladi. O`ziga xos landshaftga ega bo`lgan hududga noyob manzarali daraxt va gullar ko`chatlari ekilib, botanika bog`i yaratiladi.

Mazkur ko`ngilochar maskanda yiliga 100 ming kishiga xizmat ko`rsatish mo`ljallangan. Uni 2019 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish, 1 ming 500 ga yaqin yangi ish o`rni yaratish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari istirohat bog`ini sifatli va xavfsiz barpo etish bo`yicha tavsiyalar berdi. Nafaqat viloyat, balki mamlakatimizda qiyosi yo`q bo`ladigan mazkur parkka "Afsona" deb nom berishni taklif qildi.

Shu erda Namangan shahri Guliston dahasida bunyod etilishi mo`ljallangan “Namangan City”, Pop tumanida quriladigan zamonaviy savdo majmuasi va "Pop eco park" kabi loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1