1

Ikki davlat Adliya vazirliklari o`rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Siyosat 04.05.2018, 17:53
Ikki davlat Adliya vazirliklari o`rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdo`g`onning mamlakatimizga tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Adliya vazirliklari o`rtasida hamkorlik to`g`risida Memorandum imzolandi.

Memorandumdan ko`zlangan maqsad xalqaro xuquqning umume`tirof etilgan tamoyil va me`yorlariga muvofiq huquqiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek ikki tomonlama o`zaro manfaatli hamkorlik o`rnatish va tajriba almashishdan iborat.

Memorandumga asosan hamkorlik inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, norma ijodkorligi, yuridik xizmatlar ko`rsatish, yuridik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish kabi sohalar, shuningdek o`zaro manfaatli boshqa yo`nalishlarda amalga oshiriladi.

DSC_2020.JPG

Shu bilan birga, Memorandumda anjuman, seminar, ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar o`tkazish, qonunchilik va boshqa normativ-xuquqiy hujjatlarni tayyorlash amaliyoti hamda yuridik adabiyot va boshqa nashrlar, tomonlar adliya organlari va muassasalari faoliyatini tashkil qilish bilan yanada to`liqroq tanishish, hamkorlikdagi tadqiqotlarni tashkil qilish va o`tkazish, tomonlar tomonidan kelishib olingan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida delegasiyalar almashinuvi ko`zda tutilgan.

Bundan tashqari, Memorandum ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, ikki davlat Adliya vazirliklari o`rtasida xuquqiy sohada samarali hamkorlikning huquqiy asosini yaratishga xizmat qiladi.

Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1