1

Prezident Qozog`iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosarini qabul qildi

Siyosat 05.05.2018, 08:04
Prezident Qozog`iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosarini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 4 may kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo`lib turgan Qozog`iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, Ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha hukumatlararo qo`shma komissiya hamraisi Asqar Maminni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining veb-saytida xabar qilindi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O`zbekiston-Qozog`iston hukumatlararo komissiyasi samarali faoliyat ko`rsatayotgani va amaliy natijalar berayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.Ikki davlat Bosh vazirlarining birinchi o`rinbosarlari raislik qilayotgan komissiya bugungi kungacha 17 majlis o`tkazdi, jumladan, oxirgi majlis joriy yilning mart oyida Ostonada bo`lib o`tdi. 4 may kuni Toshkentda komissiya hamraislari amaliy muzokaralar o`tkazdi.

Uchrashuvda Prezidentimiz savdo-iqtisodiy, investisiya, transport-kommunikasiya, gumanitar va boshqa sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli loyiha va dasturlarni birgalikda amalga oshirish muhim ekanini ta`kidladi.

O`z navbatida, Asqar Mamin davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Qozog`iston oliy darajada erishilgan kelishuvlarning so`zsiz va o`z vaqtida ijrosini ta`minlash maqsadida qardosh mamlakatlarimiz o`rtasidagi keng ko`lamli sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanini qayd etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1