Moskva metrosida vagonlarning relsdan chiqib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo`ldi, yana 22 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi xabar bermoqda.

15 iyul kuni “Park pobed” va “Slavyanskiy bulvar” stansiyasilari orasida poezdning 3 ta vagoni relslardan chiqib ketgan. Halokat tufayli 200 ga yaqin kishi evakuasiya qilingan, jarohatlanganlarning barchasi vertolyotda shifoxonaga olib ketildi. Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Foto: ITAR-TASS





