AsosiyDunyo

Moskva metrosidagi halokat qurbonlari soni yana ortdi (yangilandi)

Moskva metrosida avariya oqibatida halok bo`lganlar soni 20 kishiga etdi. Bu haqda Rossiya FFV vakillari bergan ma`lumotlarga asoslanib  “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Moskva shahri hukumatining bergan ma`lumotlariga ko`ra, 161 kishi jarohatlangan, ulardan 127 nafari shifoxonaga etkazildi.

Moskva metropolitenida sodir bo`lgan halokat munosabati bilan chorshanba kuni Moskva shahrida motam kuni deya e`lon qilindi.

Eslatib o`tamiz, 15 iyul kuni “Park pobed” va “Slavyanskiy bulvar”  stansiyasilari orasida poezdning 3 ta vagoni relslardan chiqib ketgan. Halokat tufayli 1150 ga yaqin kishi evakuasiya qilingan, jarohatlanganlarning barchasi vertolyotda shifoxonaga olib ketildi.  Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar