AsosiyJamiyat

RADDIYa

Darakchi gazetasining darakchi.uz saytida 2014 yilning 24 aprel kuni Sog`lom bola yilida gepatit bilan xasta bolaga beparvolik bilan qarayotgan shifokorlar, 29 aprelda Mavzuga qaytib: Farzandi uchun tibbiy tekshiruv talab qilgan ona nega endi bosh tortdi? hamda 5 mayda Farzandi salomatligidan shikoyat qilgan ona farzandini Pediatriya markaziga yotqizdi sarlavhali maqolalar chop etilgan.

Maqolalarda Toshkent shahri Hamza tumanida yashovchi maktab o`quvchisi Arslon Yusupovga malakali tibbiy yordam ko`rsatilmagani sababli uning onasi Muyassar Yusupovaning tibbiyot muassasalariga nisbatan noroziligi  aks etgan edi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, o`tkazilgan tekshiruvlar natijasida fuqaro A.Yusupovning gepatit bilan kasallanmagani, shunchaki biroz shamollagani aniqlangan. Bundan tashqari, unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilmagani haqidagi ma`lumot ham o`z isbotini topmagan. Ayni paytda bola o`zini yaxshi his qilmoqda.
Mazkur holatdan kelib chiqib, Darakchi gazetasi xaqiqatga zid axborotni berib, yo`l qo`yilgan xato uchun Respublika ixtisoslashgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jamoasidan uzr so`raydi va bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun zarur choralarni ko`radi.

 

    Boshqa yangiliklar