AsosiyJamiyat

Barak Obama Islom Karimovga minnatdorlik izhor etdi

AQSh prezidenti Barak Obama Amerika Qo`shma Shtatlari mustaqilligining 238 yilligi munosabati bilan yo`llagan qutlovi  uchun O`zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovga  minnatdorlik izhor etdi. Tashakkurnoma matni O`zA saytida e`lon qilindi.

“Amerikaliklarni xalq sifatida dunyodagi boshqa mamlakatlarning xalqlari bilan birlashtirib turadigan ko`p madaniyatli meros va boy an`analarni nishonlash uchun biz ushbu imkoniyatdan foydalanamiz. Barcha xalqlar baxt-saodat va farovonlikka intilishda erkinlikdan bahramand bo`lishi lozim, degan umumiy oliy maqsad barchamizni ruhlantiradi”,-deyiladi maktubda. 

“Biz uchun g`oyat qadrli bo`lgan erkinlikni ta`minlash yo`lida o`tmishda va hozirgi kunda qurbon bo`lganlarni yodga olar ekanmiz, barcha xalqlar uchun ozod va tinch yashash va shunday bo`lib qolish huquqiga erishilishiga ishonchimizni hamda qat`iyatimizni yana bir karra tasdiqlaymiz”,-deyiladi tashakkurnoma matnida.

    Boshqa yangiliklar