Ra`no Yarasheva: «Barchangizdan kechirim so`rayman...»

Madaniyat 26.05.2018, 09:57
Teglar: Foto
Ra`no Yarasheva: «Barchangizdan kechirim so`rayman...»

Ramazon – oylarning sultoni, sayyidi, eng yaxshisi bo`lib kelgan va hamisha shunday bo`lib qoladi. Bu oy insonlar bir–birlari haqida qayg`urib, mehr–oqibat ko`rsatishadi, xato-kamchiliklar kechiriladi, arazlar unutiladi. Yana mo``jizalar ham yuz beradi! O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ra`no YaRAShEVA Ramazon oyi bilan bog`liq xotiralarini shirin entikish bilan eslaydi. Nega deganda... qolganini suhbatdoshimizning o`zidan eshiting.

— «Ramazon aytib keldik eshigingizga...»

— Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on tumanida dunyoga kelganman. Ikki yoshimda Xadicha buvim, Payshanbaqo`rg`oniga olib ketganlaricha, sakkiz yoshimgacha ular bilan yashaganman. U taraflarda Ramazon boshqacha aytilardi: «Rabibam, yo rabibam yo Ramazon. Rabibam aytib keldik eshingizga Xudoyim o`g`il bersin beshingizga!» Buvim rahmatli Ramazon aytib kelgan bolalarni uyga olib kirib, ularni iftorlik dasturxonidagi noz-ne`matlar bilan siylardilar. Bolalarga pul berilmasdi va bu juda to`g`ri ish bo`lgan. Agar bolaning qo`liga pul tutqazilsa, keyinchalik Ramazon haqida noto`g`ri talqin paydo bo`lishi mumkin. Shu bois kattalar bu holatga nihoyatda diqqatli bo`lishlarini so`rardim.

— Birinchi marta ro`za tutganingiz yodingizdami?

— Buvim diniy–dunyoviy bilimlardan xabardor, taqvodor ayol edilar. Ularga havas qilib, maktabga chiqmasimdan burun ro`za tuta boshlaganman. Buvimning qo`yniga suqulib yotishni yoqtirardim-da, ertalab saharlikka turganlarida ularga ergashib, og`iz yopardim. «Іali kichiksan, qiynalib qolasan» desalar dod-voy qilib bo`lsa ham aytganimni qilardim. Eng qizig`i, ertalab uyqudan uyg`onganimdan so`ng odatdagidek nonushta qilardim, ochqasam taomlanardim, suv ichardim, buvimning ko`zi tushib qolsa, «Ro`zador eding-ku» derdilarda, shu uvvos solib yig`lardim, asti so`ramang. Buvim esa «Bilmasdan eb qo`ygansan-da, kechirimli bolam, qolganini tutaver» derdilar. Iftorlikda ham hech narsa bo`lmagandek, astoydil niyat qilardim kattalarga qo`shilib, jajji qo`llarimni duoga ochib, bir nimalarni so`rardim. Ajoyib damlar edi. Bolaligimni eslatdingiz-u, yuragim to`lib ketdi (ko`zlari yoshlandi).

— Bu oyda mo``jizalar ro`y beradi deyishadi?

— Bundan uch yil avval o`t pufagimni jarrohlik amaliyoti yordamida olib tashlashdi. Unga qadar har Ramazon ro`zasini sidqidildan ado etganim bois juda qiynaldim. Chunki shifokorlar qat`iy parhez buyurishgandi-da. Mo``jizalarga kelsak, bir necha yillar avval Ramazon oyi ibodat qilayotib, joynamoz ustida ikki santimetrcha ko`tarilgandek bo`lganman. Ehtimol bu mening xayolimda ro`y bergandir, lekin hissiyotlar haqiqiy edi. Bilasizmi, ulug` oy oldidan meni tanigan – bilgan barcha-barchadan kechirim so`rayman. Bilib–bilmay kimningdir ranjitib qo`ygandirman, noo`rin so`zlagandirman yoxud biror iltimosi erda qolgandir, mendan o`tgan bo`lsa ma`zur tutingiz. Yo`l–yo`lakay qoqilib ketdingizmi, bilingki bu kimnidir xafa qilganingiz jazosi. Іayotingizda biror noxushlikka duchor bo`ldingizmi, ortingizga qarang, hech kimga dilozorlik qilmaganmisiz?.. Ramazon oyi istig`for qiling, astoydil so`rang, gunohlaringiz kechirilgay.

— Muborak oyda xafalashganlarni yarashtirgan paytlaringiz bo`lganmi?

— Bu kabi voqealarni eslolmadim, ammo Ramazon bahonasida xafalashgan insonlarim bilan yarashgan paytlarim ko`p. Fe`lim salgina og`irroq bo`lishi mumkin-da ba`zan. Ammo nima bo`lishidan qat`iy nazar Mohi Ramazon oyida hech kim bir-biri bilan xafalashmasin.

Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi.

Sharhlar

Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Vayron bo`lgan uylar, jarohat olgan odamlar va ularga yordam berayotgan xodimlar… Sergelida otgan mash`um tong (fotojamlanma)

29.09.2023, 00:10

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...
Birinchi qor og`ushidagi Toshkent (fotoreportaj)

05.12.2022, 20:26

"O`zgidromet" bashorat qilganidek, O`zbekistonga qish 1 dekabrdan kirib keldi. Dam olish kunlari respublikada havo harorati keskin tushib, Nukusda -17 darajani, kuni kecha Navoiy viloyatida esa...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1