Olimpiya o`yinlari sovrindori, jahon chempioni Shahram G`iyosov professional ringdagi uchinchi jangini qachon o`tkazishi ma`lum bo`ldi.
Sportchi 23 iyun kuni navbatdagi jangini o`tkazadi. Bu haqida G`iyosov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qilgan.
Hozircha, ushbu jangda Shahramga kim raqib bo`lishi noma`lum. Ayni paytda u mashg`ulotlarni boshlab yuborgan.






