Bangkok shahrida sport raqslari bo`yicha WDSF TDSA Open, Professional Division “World Open” and ADSF University Open Championships 2018” xalqaro turniri nihoyasiga etdi, deb xabar bermoqda MOQ.
Ushbu musobaqada o`zbekistonlik sportchilar ham o`z omadini sinab ko`rdilar. Turnir yakuniga ko`ra, Sardor Xojiev va Asal Xojievalar juftligi birinchi o`rinni qo`lga kiritdi.
Shuningdek, hamyurtlarimizdan Danil Shin/Daniela Fink to`rtinchi, Doniyorxon Amonov/Alisa Laktionova tandemi beshinchi o`rinni egalladilar.
Ma`lumot uchun, ushbu musobaqada Xitoy, Janubiy Koreya, Tailand, Rossiya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlardan umumiy hisobda 43 juftlik ishtirok etdi.






