AsosiySport

Jahon chempioni stol tennisi federasiyasining prezidenti etib tayinlandi

'Jahon chempioni stol tennisi federasiyasining prezidenti etib tayinlandi'ning rasmi

Bugun Milliy olimpiya qo`mitasida O`zbekiston stol tennisi federasiyasi bilan navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiya o`tkazildi. Yig`ilishda MOQ hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari, O`zbekiston stol tennisi federasiyasi xodimlari ishtirok etdi.

Kun tartibidan o`rin olgan asosiy masala tashkilotga yangi prezident saylashdan iborat edi.

Sir emaski, stol tennisi bo`yicha Osiyo mamlakatlari vakillari dunyo miqyosida etakchi hisoblanadilar. Ularga raqobat tug`dirish borasida manaman degan davlat vakillari ham yaxshigina qiyinchilikka duch keladilar. Ammo, bugungi kunda sportning ushbu turi taraqqiy etgan mamlakatlar darajasiga ko`tarilish, o`zbek sportchilarini ular bilan tengma-teng raqobatga tayyorlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

"Ana shularni hisobga olgan holda, sobiq sportchi, murabbiy, shu kungacha stol tennisi federasiyasida bosh kotib lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionati g`olibi Saida Saidikromovna Mahmudova nomzodi tashkilot rahbarligiga taklif etildi. Delegatlar bir ovozdan S.Mahmudova nomzodini qo`llab-quvvatladilar. Shu tariqa, Saida Mahmudova O`zbekiston stol tennisi federasiyasi prezidenti etib saylandi", - deiyladi MOQ xabarida.

Saida Mahmudova o`ziga bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatini ishga solishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar