O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Adulaziz Komilov 28-30 may kunlari Moskvaga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
"2018-yilning 28-30-may kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Rossiyada bo`ladi va "Primakov o`quvlari" an`anaviy xalqaro forumida ishtirok etadi hamda nutq so`zlaydi", — deyilgan xabarda.
Shuningdek, A. Komilov Moskvada ikki tomonlama uchrashuvlarda ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.






