Xorvatiyaning Osiek shahrida sport gimnastikasi bo`yicha nufuzli "Chaqiruv Kubogi" musobaqasi yakuniga etdi.
Ushbu bahslarda hamyurtimiz Oksana Chusovitina ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, Chusovitina o`zining sevimli tayanib sakrash mashqlarida eng yuqori ball bilan oltin medalni qo`lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo`mitasi.
Sloveniyalik Tyasa Kisselef kumush, rossiyalik Viktoriya Trikina bronza medaliga sazovor bo`ldi.
Sport gimnastikasi. Chaqiruv Kubogi
Osiek, Xorvatiya. Ayollar. Tayanib sakrash
1. Oksana Chusovitina (O`zbekiston) – 14,233
2. Tyasa Kisselef (Sloveniya) – 13,800
3. Viktoriya Trikina (Rossiya) – 13,733.






