27 may kuni Vetnamning Xoshimin shahrida bo`lib o`tgan Osiyo chempionatida sovrindor bo`lgan parataekvondochilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.
Sportchilarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo`mitasi va O`zbekiston taekvondo WTF federasiyasi mutasaddilari, murabbiylar, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari kutib olishdi, deb yozadi qo`mita matbuot xizmati.
Eslatib o`tamiz, musobaqada sportchilarimizdan Farxodjon Mamaziyoev va Guljanoy Naimova oltin, Sanjarbek Muxtorov kumush va Ziyodaxon Isoqova bronza medallarini qo`lga kiritishdi.






