1

“Qur`oni karim va tajvid” bo`yicha pullik o`quv kurslari o`z faoliyatini boshlaydi

Hidoyat sari 28.05.2018, 16:10
“Qur`oni karim va tajvid” bo`yicha pullik o`quv kurslari o`z faoliyatini boshlaydi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5416-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta`lim muassasalari hamda ilmiy maktablarda 2018 yilning 10 iyunidan boshlab “Qur`oni karim va tajvid” bo`yicha pullik o`quv kurslari o`z faoliyatini boshlaydi.

O`MI matbuot xizmati xabariga ko`ra, o`quv kurslariga 2018 yilning 1-3 iyun kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha hujjatlar qabul qilinadi.

O`quv kurslariga O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuniga muvofiq o`rta maktabni bitirganligi to`g`risidagi shahodatnoma (attestat 11-sinf), akademik lisey yoki o`rta maxsus ta`lim muassasasi diplomiga ega bo`lgan hamda 18 yoshga to`lgan O`zbekiston Respublikasining fuqarolari suhbat asosida qabul qilinadi.

Tinglovchilar diniy ta`lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- ta`lim muassasasi rahbari nomiga ariza;

- sog`lig`i haqida tibbiy ma`lumotnoma (086-U-shakl);

- pasport nusxasi (asli ko`rsatiladi);

- 4 dona fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);

- yashash joyidan ma`lumotnoma;

O`quv kurslar quyidagi muassasalarda tashkil etiladi:

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Toshkent sh., (0371) 227-42-37;

“Ko`kaldosh” o`rta maxsus islom bilim yurti, Toshkent sh., (0371) 244-48-27;

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o`rta maxsus islom bilim yurti, Toshkent sh., (0371) 299-24-11

“Mir Arab” oliy madrasasi, Buxoro viloyati, Kogon tumani (+99895) 604-45-97;

“Mir Arab” o`rta maxsus islom bilim yurti, Buxoro sh., (0365) 224-10-11;

“Jo`ybori Kalon” ayol-qizlar o`rta maxsus islom bilim yurti, Buxoro sh., 221-77-44;

“Xoja Buxoriy” o`rta maxsus islom bilim yurti, Kitob shahri (0375) 54-27-425;

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o`rta maxsus islom bilim yurti, Andijon sh., (+99895) 201-68-70, (0374) 228-00-91;

“Hidoya” o`rta maxsus islom bilim yurti, Namangan shahri (0369) 226-60-60;

“Faxriddin ar-Roziy” o`rta maxsus islom bilim yurti, Urganch sh., (+99895) 606-92-55, (+99895) 602-92-57;

“Muhammad al-Beruniy” o`rta maxsus islom bilim yurti, Nukus sh., (0361) 229-03-26, 229-03-20;

“Hadis ilmi maktabi” Samarqand viloyati, Xo`ja Ismoil shaharchasi (0366) 673-31-51, (94) 186-19-94;

“Kalom ilmi maktabi” Samarqand viloyati, Xo`ja Ismoil shaharchasi (0366) 673-31-51, (94) 186-19-94;

“Aqida ilmi maktabi” Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri (0375) 225-56-32;

“Tasavvuf ilmi maktabi” Buxoro viloyati, Kogon tumani (+99895) 604-45-97;

“Fiqh ilmi maktabi” Farg`ona viloyati, Farg`ona shahri (0373) 226-72-31.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1