1

O`zbekiston tashqi ishlar vazirining o`rinbosari tayinlandi

Siyosat 29.05.2018, 16:36
O`zbekiston tashqi ishlar vazirining o`rinbosari tayinlandi

Dilshod Ahatov O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“2018 yilning 28 may kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hay`atiga vazir o`rinbosari etib tayinlangan Dilshod Ahatov tanishtirildi”, - deyiladi xabarda.

Dilshod Ahatov bunga qadar TIVning Evropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig`i, Germaniya Federativ Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchi lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, TIV Konsullik huquqiy departamenti boshlig`i etib tayinlangan Ulfat Kadirov ham tanishtirildi. U ilgari Turkiya Respublikasida favqulodda va muxtor elchi lavozimida ishlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1