AsosiySiyosat

O`zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi qurilishi bo`yicha muzokara o`tkazadi

'O`zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi qurilishi bo`yicha muzokara o`tkazadi'ning rasmi

«Rosatom» delegasiyasi amaliy tashrif bilan O`zbekistonda bo`lib turibdi, deb xabar berdi "Xalq so`zi" nashri.

Qayd qilinishicha, korporasiya vakillari o`zbek tomoni bilan atom sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda. O`zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi qurish bo`yicha kelishuvni tayyorlashni davom ettirmoqda.

Rossiya delegasiyasini korporasiya bosh direktori Aleksey Lixachyov boshqarmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, delegasiyani O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar