1

Shavkat Mirziyoev Rossiya, Hindiston va Xitoy rahbarlari bilan uchrashadi

Siyosat 30.05.2018, 14:31
Shavkat Mirziyoev Rossiya, Hindiston va Xitoy rahbarlari bilan uchrashadi

Xitoyning Sindao shahrida 9-10 iyun kunlari bo`lib o`tadigan ShHT sammiti maydonida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Rossiya, Xitoy va Hindiston rahbarlari bilan uchrashadi. Bu haqida O`zbekiston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Abdujabbor Abduvohitov ma`lum qildi.

“ShHT doirasida davlat rahbarlari bilan belgilangan barcha uchrashuvlar sammit maydonida bo`lib o`tadi. Masalan, Rossiya prezidenti, Hindiston rahbari, shuningdek, janob Si Szinpin bilan uchrashuv belgilangan”, dedi u.

Sindaoda qandaydir ikki tomonlama hujjatlar imzolanadimi yoki yo`qmi qabilida berilgan savolga vazir o`rinbosari qat`iylik bilan shunday javob berdi:

“O`zbekiston ShHT doirasida davlatlararo hujjat imzolashni nazarda tutmayapti, zero, mazkur tashkilotdagi o`zaro aloqalar ko`p tomonlama hamkorlikdir”.

U ShHT sammiti doirasida qabul qilinishi kutilayotgan qariyb 20 ta hujjatning barchasi ko`p tomonlama hamkorlikka yo`naltirilganini bildirib o`tdi. Bu borada asosiy hujjat Sindao deklarasiyasi bo`lishini ta`kidladi. Unda ShHTga a`zo davlatlarning mintaqaviy vaziyatga oid oxirgi qarori mustahkamlanib qo`yiladi.

"Xalq so`zi" xabariga ko`ra, muloqotlar chog`ida mintaqaviy xavfsizlik, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari ko`rib chiqiladi. Bundan tashqari, mehmonlar sharafsiga tantanali kutib olish va o`ziga xos shou tashkil etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1