1

Bosh vazir o`rinbosari Xalqaro mehnat tashkilotining Bosh direktori bilan uchrashdi

Siyosat 30.05.2018, 16:59
Bosh vazir o`rinbosari Xalqaro mehnat tashkilotining Bosh direktori bilan uchrashdi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari T. Narbaeva boshchiligidagi delegasiya Jenevadagi 107-mehnat konferensiyasi ishida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun O`zbekiston delegasiyasini Xalqaro mehnat tashkilotining Bosh direktori Gay Rayder qabulida bo`ldi, deb xabar berdi "Xalq so`zi" nashri.

Bosh direktor O`zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, Prezidentimizning olib borayotgan siyosatlaridan juda katta taassurot olganligini aytdi.

Shu o`rinda Xalqaro mehnat tashkiloti O`zbekiston bilan yanada hamkorlikni kuchaytirib, uning yunalishlarini kengaytirishni maqsad qilganini aytib o`tdi. Shuningdek, shu yilning dekabr oyida O`zbekistonga tashrif buyurib, hamkor tashkilotlar vakillari bilan uchrashishni bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1