AsosiySport

"Real" murabbiylari Toshkentga etib kelishdi

'"Real" murabbiylari Toshkentga etib kelishdi'ning rasmi

“Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Toshkentga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportida O`FA vakillari, futbol ishqibozlari hamda OAV xodimlari katta tantanalar bilan kutib olishdi.

Shuni ham alohida ta`kidlash kerakki, Karlos Albert 2008-2015 yillar davomida “Real Madrid” ning asosiy jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va Iker Kasilyasdek jahonga mashhur darvozabonga ustozlik qilgan. Hozirda u “Real Madrid” klubida metodist sifatida ish olib bormoqda.

Ispaniyalik mutaxassislar 16 iyunga qadar yurtimizda bo`lib, bolalarga futbol bo`yicha master-klasslar o`tab berishadi.

MOQ axborot xizmati xabariga ko`ra, tadbirlar 1 iyun kunidan boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar