1

O`zbekiston olimlari Sankt-Peterburgdagi Buxoro amiri masjidini qurilganidan 100 yil o`tib ko`rishadi

Madaniyat 31.05.2018, 12:26
O`zbekiston olimlari Sankt-Peterburgdagi Buxoro amiri masjidini qurilganidan 100 yil o`tib ko`rishadi

“O`zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi Xalqaro Kongress doirasida o`zbek olimlardan iborat delegasiya Sankt-Peterburgdagi jome masjidiga tashrif buyurishadi.

Ushbu tashrifning muqaddas Ramazon oyiga to`g`ri kelishi uning ahamiyatlilik darajasini yana ham oshiradi.

1910 yilda qad rostlagan ushbu inshoot Buxoro amiri Said Abdulahadxon homiyligida barpo etilgan. Uning loyihasini yaratishda Amir Temur davrida qurilgan binolardan, jumladan, Samarqanddagi Go`ri Amir maqbarasidan ilhomlanilgan. 2008 yilgacha mazkur jome masjidi Sankt-Peterburgda yagona hisoblangan. Bugungi kunga kelib uning sharqona uslubda qad ko`targan minoralari va moviy gumbazlari, xuddi yuz yillar avvalgidek, shahar me`morchiligining ajralmas qismi sifatida qadrlanadi. Kongress qatnashchilari masjid devorlaridagi mukammal bezaklarni va kollegrafik yozuvlarni o`z ko`zlari bilan ko`rishlari mumkin.

Eslatib o`tamiz, “O`zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” ikkinchi xalqaro kongressi O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiayiyasi va neft sohasida xizmat kursatuvchi “Eriell Group” kompaniyasi hamkorligida o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1