AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Qatarda bo`ladi

'Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Qatarda bo`ladi 'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Qatar Davlatida bo`ladi, deb xabar qildi O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

"O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya 2018 yilning 2-4 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Qatar Davlatida bo`ladi", - deyiladi xabarda.

O`zbekiston delegasiyasi Doha shahrida Qatar Bosh vaziri o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad Ben Abdel RAhman Ben Jasem Al Tani bilan uchrashuv o`tkazadi.

Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar