AsosiySport

Umid Ahmadjonov «Nasaf» futbol klubidagi muammolarni Prezidentga etkazmoqchi

'Umid Ahmadjonov «Nasaf» futbol klubidagi muammolarni Prezidentga etkazmoqchi'ning rasmi

Shu kunlarda Qarshining «Nasaf» futbol klubi atrofidagi turli xavotirli axborotlar oqimi tinmayapti. Achinarlisi shuki, ularning barchasi asosli, deb yozmoqda Voha.uz nashri.

Shu bois Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti hamda O`FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov klubni bu ahvoldan tez orada chiqib ketishiga yordam bermoqchi. Nashrning ta`kidlashicha, «Nasaf» klubi rahbariyatidan moliyaviy ahvol hamda homiy bilan o`rtasidagi kelishuv bo`yicha mablag` ajratilmagani haqida rasmiy bayonot olgan. Ahmadjonov bu xatni mamlakat rahbari — Shavkat Mirziyoevga etkazishini bildirgan.

Qo`shimcha qilinishicha, O`FA birinchi vise-prezidenti «Neftchi» hamda «Bunyodkor» klublaridan ham shu mazmundagi bayonotlarni olgan.

    Boshqa yangiliklar