1

Ramazondan samarali foyda olish uchun nima qilish kerak?

Hidoyat sari 01.06.2018, 11:28
Ramazondan samarali foyda olish uchun nima qilish kerak?

Qur`oni karimni ko`p o`qish. O`qiganda ham oyatlarning mazmunini tushunishga urinib, ularda ifoda etilgan masalalar yuzasidan keng tafakkur yuritib o`qish.

Nafl namozlarini ko`proq o`qishni odat qilish.

“Men kimman?” “Qaerdan keldim va qayoqqa ketyapman?” “Alloh taolo mendan nima istaydi va Uning qoshidagi burchlarim nimalardan iborat?” degan savollar ustida ko`p fikr yuritish

O`tmishdagi yaxshi-yomon amallarni tarozi pallasiga qo`yish, shuningdek, hozirgi holatga ham boqib kelajak haqida o`ylash.

Har tunda yo`l qo`ygan xatolar uchun astoydil tavba qilib, shu tunni umrning so`nggi tuni sifatida tasavvur qilish.

Imkon qadar ko`proq zikr qilish.

Nimadir sabab bo`lib biror mo`minni ranjitib qo`ygan bo`lsa, undan darhol kechirim so`rab yarashib olish.

Janjallashib qolganlarni yarashtirish va g`amga botganlarga dalda berish.

Muhtojlarga sadaqa berish, etimlar va bemorlarning holidan xabar olish, ularga yaxshi munosabatda bo`lib moddiy-ma`naviy yordam ko`rsatish.

Tug`ishganlar va yaqinlarning holidan xabar olib, ularga yordam berish.

Namozlarni jamoat bilan o`qish

O`tganlarni xotirlab, ularning yotgan joylarini ziyorat qilish.

Damin JUMAQUL, muslim.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1