1

Tojikiston Prezidenti kuzda O`zbekistonga keladi

Siyosat 01.06.2018, 12:09
Tojikiston Prezidenti kuzda O`zbekistonga keladi

Kecha Tojikiston poytaxtidagi hukumat qarorgohida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mezbon davlat Bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri.

Tomonlar iqtisodiyot, xavfsizlik, madaniyat, ta`lim, ijtimoiy va agrar sektor, energetika, sanoat sohalarida hamkorlik qilishni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Asosiy e`tibor O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning shu yil mart oyida Tojikistonga qilgan davlat tashrifi doirasida imzolangan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratildi.

Hukumat rahbarlari Tojikiston Prezidentining shu yil kuz faslida O`zbekistonga amalga oshirishi rejalashtirilgan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko`rish masalalarini ham ko`rib chiqishdi.

Tojikiston Prezidentining yaqin istiqboldagi mazkur tashrifi ikki davlat o`rtasida barcha jabhalardagi aloqalar rivojiga yangi turtki berishiga ishonch bildirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1