1

Uzoq tanaffusdan so`ng Ismoil Jo`rabekov o`zbek matbuotining bosh nashrida...

Siyosat 01.06.2018, 16:04
Uzoq tanaffusdan so`ng Ismoil Jo`rabekov o`zbek matbuotining bosh nashrida...

Prezident Shavkat Mirziyoevning “Qishloq va suv xo`jaligida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish bo`yicha tashkiliy chora tadbirlar to`g`risida”gi farmonini O`zbekiston suv xo`jaligi faxriylari muhim hujjat sifatida, chin dildan olqishlab kutib olishdi. Mazkur farmon o`tgan 20 yillik davrdan qolgan o`ta murakkab muammolarni bosqichma-bosqich oqilona hal etish ma`suliyatini ham qo`yadi, deb yozadi O`zA.

Xabarda, mamlakatimizning asosiy markaziy nashri sanalgan «Xalq so`zi» gazetasida ushbu farmon mazmun mohiyatiga bag`ishlangan «Obihayot — o`tmishimiz, bugunimiz va kelajagimiz» maqolasi chop etildi. Uning mualliflari — O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan irrigatorlar Ismoil Jo`rabekov va Viktor Duxovniy maqolani hayotiy va amaliy ish tajribalaridan kelib chiqib yozgan, deyilgan.

Ma`lumot uchun, Ismoil Jo`rabekov 1994-1998-yillarda O`zbekiston qishloq va suv xo`jaligi vaziri sifatida faoliyat ko`rsatgan. U 2000-2004-yillarda agrar masalalar bo`yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan. Mehnat faxriysi Ismoil Hakimovich Jo`rabekov 2005 yil «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1