1

Shavkat Mirziyoev: Odamlarning yuragiga qo`l solib, ularni rozi qilish siyosatimizning bosh maqsadidir

Siyosat 01.06.2018, 20:23
Shavkat Mirziyoev: Odamlarning yuragiga qo`l solib, ularni rozi qilish siyosatimizning bosh maqsadidir

Prezident Shavkat Mirziyoev Chilonzor tumanidagi Xirmontepa mahallasiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbarining veb-saytida ma`lum qilindi.

Ma`lumki, mamlakatimizda «Obod qishloq» dasturi asosida qishloq joylar tartibga keltirilmoqda. Endi shaharlar uchun «Obod mahalla» dasturi ishlab chiqilmoqda.

Xirmontepa mahallasi tajriba tariqasida ushbu konsepsiya asosida obod qilindi. Hududda joylashgan 24 ta ko`p qavatli uy ta`mirlandi. Mahalla idorasi xodimlari, profilaktika inspektorlari uchun bino, kommunal to`lovlar shoxobchasi, bolalar va sport maydonchalari barpo etilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bemorlarga yordam berilmoqda.

Prezidentimiz mazkur mahalla faollari, ko`p qavatli uylarda yashovchi aholi va bolalar bilan suhbatlashdi.

Odamlarning yuragiga qo`l solib, ularni rozi qilish siyosatimizning bosh maqsadidir, dedi Shavkat Mirziyoev. Biz shu tarzda hamma mahallalarni birma-bir obod qilamiz.

Xalqimiz rozi bo`lib yashashi uchun zarur sharoit yaratamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1