AsosiySport

Umid Ahmadjonov Qoraqalpog`istondagi sport festivalining ochilish marosimida ishtirok etdi

'Umid Ahmadjonov Qoraqalpog`istondagi sport festivalining ochilish marosimida ishtirok etdi'ning rasmi

Ma`lumki, Qoraqalpoq zamini o`zbek sportiga bir necha iste`dodlarni, sportimizning yulduzlarini etishtirib bergan.

Futbolchilar Berdax Allaniyazov, Quvvat To`raev, Ne`metilla Quttiboev, muaytaychi Erkinboy Quttiboev, karatechi Rustam Kazakov, og`ir atletikachi Rustam Jangabaev, qilichboz Zaynab Dayibekovalar shular jumlasidandir.Bugun ana shunday sport yulduzlarini tarbiyalagan Qoraqalpog`istondagi "Turon" stadionida katta sport festivalining asosiy tadbirlari boshlandi. Unda Milliy olimpiya qo`mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi va so`zga chiqdi."Milliy olimpiya qo`mitasi va O`zbekiston futbol assosiasiyasi tarixda ilk marotaba maktabgacha ta`lim muassasasi bilan hamkorlikda ish boshlamoqda. Avvallari bunaqasi kuzatilmagan. Mana, bugun bir qator tadbirlarda ishtirok etib, maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga Prezidentimiz sovg`alarini topshirdik. Asosiy maqsadimiz, ularda sportga bo`lgan qiziqishni oshirish. Umid qilamizki, kelajakda ulardan kuchli sportchilar etishib chiqadi. Kim biladi, balki bugun biz bo`lajak futbol yulduzlari bilan bir safda turgandirmiz", - dedi Umid Ahmadjonov.

Tadbirning ochilish marosimida MOQ rahbari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengashi raisi Musa Erniyazovga esdalik sovg`asini topshirdi.

Shu tariqa, festivalning asosiy qismiga start berildi.

    Boshqa yangiliklar