1

Mamlakatga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining vaqtinchalik propiska qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish bekor qilindi

Siyosat 02.06.2018, 00:11
Mamlakatga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining vaqtinchalik propiska qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish bekor qilindi

O`zbekiston hukumatining 29 maydagi qarori bilan mamlakatga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining vaqtinchalik propiska qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish bekor qilindi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, shuningdek MDHga a`zo davlatlar fuqarolarining, mustaqil sayohat qilayotgan chet elliklardan tashqari, vaqtinchalik propiska uchun javobgarligi taklif qiluvchi yoki qabul qiluvchi shaxslarga (turoperatorlar, mehmonxonalar va davolash muassasalari ma`muriyatlari hamda turar joy egalari) zimmasiga yuklatiladi. Avvallari vaqtinchalik propiska uchun javobgarlik chet el fuqarolarining zimmasiga yuklatilar edi. Qonunchilik buzilgan taqdirda, ular eng kam ish haqining 50 dan 100 barobarigacha miqdorda (8,6 dan 17,2 mln so`mgacha yoki 1073−2146 AQSh dollari) jarimaga tortilar edi.

Mustaqil sayohat qilayotgan chet el fuqarosi (chodirlar lagerlari yoki moslashtirilgan transportda yashovchi) ro`yxatdan o`tmasa yoki turistik yig`imni to`lamasa, amalga oshirilmagan turistik to`lovning 10 barobari miqdorida jarimaga tortiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1