AsosiyJamiyat

“MTS” Universal Mobile Systems nomi bilan faoliyat olib boradi

O`zbekiston hukumati “MTS” kompaniyasi bilan ochiladigan qo`shma korxona ochilishi shart va muddatlarini tasdiqladi. Bu haqda  Gazeta.uz nashri xabar bermoqda.

Qarorga ko`ra, 15 avgustgacha Universal Mobile System qo`shma korxonasini tuzish ishlarini yakunlash rejalashtirildi. Yangi operator 25 sentyabrgacha ro`yxatdan o`tkazilishi kerak. UMS 1 noyabrga texnik, 1 dekabrga tijoriy ekspluatasiyani amalga oshirish belgilandi.

Eslatib o`tamiz, 31 iyul kuni O`zbekiston hukumati Rossiyaning «MTS» telekommunikasiya operatori bilan murosa bitimini imzoladi. 

Shartnomaga asosan, «MTS»ning O`zbekistonda qayta tashkil etiladigan sho``basining 50,01 aksiyasi «MTS»ga, qolgan 49,99 foizi esa O`zbekiston Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari qo`mitasi huzurida tashkil etiladigan unitar korxonaga tegishli bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar