Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami, Jahon chempionati uchrashuvlarini boshqarish bo`yicha rekord sohibi Ravshan Ermatov sanoqli kunlardan so`ng Rossiyada boshlanadigan Jahon chempionatida o`z guruhi bilan ishlash bo`yicha ham FIFA tomonidan taklif olgan.
Ravshan Ermatov bugun Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar bilan birgalikda Rossiyaga yo`l oladi FIFA hakamlari shtabiga joylashadi.
Ana shu safar oldidan O`zbekiston futbol assosiasiyasida Milliiy Olimpiya qo`mitasi prezidenti va O`FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Ravshan Ermatov va uning guruhini qabul qildi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati
Shuni ham alohida ta`kidlash kerakki, Rossiyada bo`lib o`tadigan Jahon chempionatida Ravshan Ermatov va uning guruhidan tashqari Hakamlar nazoratchisi sifatida Farhod Abdullaev va komissar sifatida Olim Arifovlar ishtirok etishadi. O`zbek futboli tarixida birinchi marta Jahon chempionatida bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va uchrashuv komissari to`liq tarkibda ishtirok etishadi.







