1

Ramazon oyida eyish-ichish borasida qilinadigan xatolar

Hidoyat sari 03.06.2018, 16:43
Ramazon oyida eyish-ichish borasida qilinadigan xatolar

Saxarlik vaqtida suvning ko`p iste`mol qilinishi juda muhim, biroq iftordan saxarlikkacha bo`lgan vaqtda uni ichish muhimroq. Suvni iftordan bir necha daqiqa o`tganidan keyin, bir stakandan har soatda ichib turish kerak.

1. Xar kuni shakar, bo`yoq moddasi solingan ichimliklarni ichish.

Bu ichimliklarni xaftasiga ikki martadan ortiq ichmaslikka harakat qilish kerak.

2. Suvni katta hajmda iste`mol qilish.

Sababi: Oshqozonni suv bilan to`ldirish, uni oziq-ovqatdan ham ko`proq kuchantiradi.

Suvni iftor vaqtida bir necha qultum ichib, so`ngra, xar soatda bir stakandan ichib turish tavsiya qilinadi.

3. Iftordan so`ng jismoniy mashqlarni qilib turish.

Sababi: organizmdagi qon aylanish tizimi, oshqozon atrofida to`planadi.

Oshqozon xazm tizimini engillashtirish uchun, jismoniy mashqlarni, iftordan ikki soat o`tgandan keyin bajarish tavsiya qilinadi.

4. Oziq-ovqatni tez chaynab, yutish.

Sababi: Oziq-ovqatni sekin chaynash, xazm tizimining ishini tezlashtiradi va tana vaznini ushlab turishga sabab bo`ladi.

5. Shirinlikni yoki shakar solingan taomlarni iftor qilib, darrov tanovul qilinishi.

Sababi: Bu sizni bo`shashtiradi va tez uyqingizni keltiradi.

–Kechki namozlar va taroveh namozida tetik bo`lish uchun, iftordan so`ng ikki soatlik tanaffusdan keyin iste`mol qilish tavsiya qilinadi.

6. Natriy moddasi mavjud bo`lgan tamolarni ko`p iste`mol qilish.

Sababi: Natriy moddasi, insonni ro`za vaqtida kuchli chanqashiga sabab bo`ladi.

Buning o`rniga kaliy moddasi ko`p bo`lgan taomlarni iste`mol qilish tavsiya qilinadi. Kaliy moddasi organizmda suvni ushlab turadi va chanqoqni bosadi. Bananning tarkibida kaliy moddasi ko`p bo`lib, uni saxarlikka iste`mol qilinishi, kun davomida chanqoqni meyorida ushlab turishga sabab bo`ladi. Saxarlik uchun tarkibida eng ko`p bo`lgan kaliy manbalari:

- xurmo

- avokado

- quritilgan shaftoli

- xandom pistasi

- qovoq

- no`xot

- qora shokolad.

Saxarlik uchun eng yomon tanlov:

-Biryani (guruch, dorivor, go`sht, baliq, tuxum va sabzavotlar yig`indisidan iborat taom)

- kaboblar

- pissa

- fast-fudning har qanday ko`rinishi

- pishloq

- sut solingan choy.

Saxarlik uchun eng yaxshi tanlov:

- kartoshka

- guruch

- xurmo

- bug`doy unidan tayyorlangan non

- banan

- kichik stakanda kardamonlik arab choyi (imbirning bir turi).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1