AsosiySport

Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilishi bo`lib o`tdi (foto)

'Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilishi bo`lib o`tdi (foto)'ning rasmi

Bugun “Bunyodkor” stadionida Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilishi bo`lib o`tdi. Ochilish marosimida Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti va O`zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, “Real Madrid” klubi murabbiylari va boshqa mutassaddilar ishtirok etishdi.

Ispaniyalik mutaxassislar O`FA bilan hamkorlikda yo`lga qo`yilayotgan ushbu dastur kelajakda o`zbek futboliga foydasi tegishiga ishonchlari komil ekanini ta`kidlab, bu borada qo`llaridan kelgancha yordam berishga tayyor ekanliklarini aytib o`tishdi.

Ochilish marosimi jajji bolakaylar uchun haqiqiy futbol bayramiga aylanib ketganini ta`kidlab o`tish zarur. O`zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan tashkil etilgan quvnoq kuy-qo`shiqlar, turli shou dasturlari yig`ilganlarga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

«Real Madrid» klubi murabbiylari yurtimizda 16 iyun kuniga amaliy tadbirlar o`tkazishadi. Tadbirlar davomida bolalar bilan turli master klasslar, nazorat uchrashuvlari, “Summer cup” turniri va boshqa musobaqalar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar