AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2-8 sentyabr kunlari «Muzeylar haftaligi» tashkil etiladi

Yurtimizda joriy yilning 2-8 sentyabr kunlari «Muzeylar haftaligi» tashkil etilib, davlat muzeylarining barcha xohlovchilar uchun ochiqligi ta`minlanadi. Bu xaqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar beradi.

Davlatimiz rahbarining 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida”gi farmoni hamda «Muzeylar to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni bu borada dasturilamal bo`lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda xalqimizning tarixiy, ilmiy va madaniy merosi, ma`naviy qadriyatlarini asrab kelayotgan mingdan ziyod muzey faoliyat ko`rsatmoqda.

Ulardagi mavjud numizmatika, grafika, haykaltaroshlik, tasviriy va amaliy san`at namunalari, turli arxeologik topilmalar, maishiy va etnografiya buyumlari, qadimiy suratlar, tarixiy hujjatlar va boshqa nodir ashyolar yurtdoshlarimiz va dunyoning turli burchaklaridan kelgan millionlab mehmonlarga Vatanimizning rivojlanish yo`li, xalqimizning buyuk o`tmishi haqida ma`lumot beradi.

Sog`lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta`minlash maqsadida qabul qilingan mazkur qarorga muvofiq endilikda idoraviy bo`ysunishidan qat`iy nazar, barcha davlat muzeylari haftaning har seshanba va juma kunlari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko`rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar